Alirizo Mansurian: "Lokomotiv" ancha intizomli va tajribali jamoa"

11.04.2017

Alirizo Mansurian:

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 4-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Istiqlol” (Tehron) uchrashuvi oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Alirizo Mansurian o`z fikrlarini bildirdi. 

“Lokomotiv”ga qarshi qiziqarli bellashuv bo`ladi, ular Tehronda yaxshi o`yin namoyish qilgandi. Raqibni juda yaxshi o`rganib chiqdik. O`z maydonimizda bo`lgani kabi, ertaga ham g`alaba qozonishga harakat qilamiz. 

Fikrimcha, “Lokomotiv”ning kuchli tomoni – tajribali jamoa ekanida. Futbolchilardan Temur Kapadzeni alohida ta`kidlab o`tgan bo`lardim. U tajribali va etakchi futbolchi. Raqib tartibli va intizomli o`yin namoyish qiladi. Murabbiy sifatida raqibning kuchsiz tomonlari haqida fikr bildira olmayman”, – dedi Alirizo Mansurian. 

Eslatib o`tamiz, “Lokomotiv” – “Istiqlol” uchrashuvi ertaga, 11 aprel kuni TTZ mavzesidagi “Lokomotiv” stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib