18:31 / 12.02.2020
0
7591

O‘zbekistonda turizm va biznes uchun vertolyot xizmati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston turizm, ekskursiya va biznes maqsadlari uchun vertolyotlar xarid qiladi

Foto: falke.com

Transport vaziri Elyor G‘aniyev Uzbekistan Helicopters tomonidan turizm va biznes uchun vertolyot xizmatlari yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qildi.

“Yaqin orada muayyan miqdorda yangi va zamonaviy, g‘arb modelidagi vertolyotlar xarid qilinadi. Ular aynan turizmni rivojlantirish, biznes xizmatlarini ko‘rsatish, ekskursiya safarlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi”, − deydi transport vaziri.

Ma'lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga asosan «Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi» negizida Uzbekistan Helicopters kompaniyasi tuzilishi belgilangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top